Bruklin-Senterda afroamerikalikning o‘limi munosabati bilan namoyishlar to‘xtamayapti
- 17.04.2021 16:00
- 59
- Xorij
11 aprel kuni AQShning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida politsiyachi afroamerikalik Daunt Raytni otib o‘ldirgan, shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlangan edi.
Daunt Raytni otib tashlagan sobiq politsiyachi Kim Potter 100 ming dollar garov puli evaziga hibsdan ozod qilingan. Shu bois aholi ketma-ket oltinchi kuni namoyishga chiqdi, deya xabar berdi KARE telekanali. Natijada 100 ga yaqin kishi hibsga olindi.
Qayd etilishicha, kecha, 16 aprel kuni kechqurun Bruklin-Senter shahri politsiya bo‘limiga 500 ga yaqin odam kelgan. Oqibatda shahar hokimiyati 17 aprelga o‘tar kechasi yana kommendantlik soati o‘rnatgan.
Namoyishchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tarqalish haqidagi chaqiriqlariga quloq solishni istamagan, ular politsiya xodimlariga turli narsalar uloqtirgan.