Bu aqldan ozishmi yoki qandaydir siyosiy spekulyasiyami: urush boshlanishini olidini olish yo‘li aytildi
Urushning oldini olish uchun muzokaralar olib borish kerak, biroq ko‘p odamlar keskinlashuv ustidan «chayqovchilik» qilmoqda, dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning yetakchi OAV, jumladan, “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
“Aynan xavfsizlik kafolatlari haqida kelishish – bu siyosiy va diplomatik vositalar, bu muzokaralar, bu o‘zaro munosabatlarda bir davlat xavfsizligiga boshqa davlat xavfsizligi hisobiga erishib bo‘lmasligi barcha asosiy Yevropa va xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan bo‘linmas xavfsizlik tamoyilidan foydalanishdir”, dedi u.
Qarama-qarshilikdan foyda ko‘rayotganlar haqida gapirar ekan, Medvedev amerikalik senator bayonotlaridan birini misol keltirdi:
"Esimda, bir hafta oldin qayerdadir o‘qigan edim: AQSh Senatidagi qari bir marazmatik, uning familiyasi esimda yo‘q, cheklangan yadroviy to‘qnashuv, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida yadroviy zarbalar almashinuvi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmasligini aytdi. Ehtimol unga farqi yo‘qdir, u o‘z hayotini yashab bo‘lgan va hammani «xizmatiga yarasha mukofotlamoq» vaqti keldi deb hisoblar. Lekin bu paranoyya, bu hatto izohga arzimaydi. Ammo “buni hukumatdagilar, ayniqsa Amerika Senatidek jiddiy tuzilmada aytishsa bu juda achinarli”, dedi u.
"Menimcha, hatto Sovet davrida ham, har holda men esimni tanigan Sovet davrida ham Amerika va boshqa mamlakatlardagi hamkorlarimiz qayerdadir yadroviy mojaro boshlash yaxshi bo‘ladi, deb hech qachon aytmagan", dedi Medvedev.
Karib inqirozi - insoniyat sivilizatsiyasiga nuqta qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatdi.
"Shunga qaramay, bunday so‘zlar aytiladi. Bunga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bu aqldan ozishmi yoki qandaydir siyosiy spekulyasiyami? Har holda, bu - juda xavfli", xulosa qildi Medvedev.
AQSh va NATO bilan muzokaralar
O‘tgan yil oxirida Moskva Bryussel va Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini topshirgan edi. Kreml blokning postsovet davlatlari bilan harbiy hamkorligini to‘xtatish, ular hududida bazalar yaratishdan bosh tortish, Rossiya chegarasi yaqinida zarba beruvchi qurollarni joylashtirishni cheklash, Amerika yadroviy qurollarini Yevropadan olib chiqish va NATOning sharqqa kengaymaslik kafolatlarini talab qilmoqda.
Yanvar oyida ushbu masala bo‘yicha Rossiya, AQSh va alyans o‘rtasida bir qator maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi: 9-10 yanvar kunlari Jenevada Amerika tomoni bilan uchrashuvda, 12 yanvar kuni Rossiya Kengashi – NATO yig‘ilishida va 13 yanvar kuni YeXHT maydonida ushbu masala muhokama qilindi. Muzokaralar boshlanishidan oldin Vashington hujjatning ayrim bandlarini nomaqbul deb atadi, Moskva bu ultimatum emasligi, biroq birtomonlama, buning ustiga bosim ostida yon bosishga yo‘l quymasligini bildirdi.
Chorshanba kuni AQSh va NATO Rossiyaga yozma javob yo‘llab, hozircha maxfiy muzokaralar uchun imkon qoldirish maqsadida hujjat mazmunini oshkor etmasligini e’lon qilindi. Blokdagi manbaga iqtibos keltirgan dpa agentligiga ko‘ra, hujjatlarda kutilgan “jiddiy yon bosish» yo‘q.