Bu yil Samarqandda chet eldan keltirilgan g‘o‘za navlari yetishtiriladi

Viloyatimizga xorijiy davlatlardan 220 tonna urug‘lik chigit import qilish rejalashtirilgan. Shundan klasterlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 110 tonna, markazlashgan holda "Tianye Plastik" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 110 tonna chigit olib kelish belgilangan.

Ushbu g‘o‘za navlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kungacha "Tianye Plastik" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 32,2 tonna urug‘lik keltirilgan.

Bundan tashqari, Xitoy davlatidan viloyatdagi "Maroqand sifat tekstil", "Afrosiyob jins", "Samarqand kamalak" klaster korxonalari tomonidan 23 tonna urug‘lik chigit olib kelinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 aprelgacha Xitoydan keltirilgan 9,5 tonna urug‘lik chigit tarqatilgan. Xususan, Narpay tumanidagi bir xo‘jalikka 6 tonna chigit yetkazib berilgan. Past Darg‘om tumanida esa 5 ta xo‘jalik 2,6 tonna, Payariq tumanida 4 ta sub’yektga 0,9 tonna xorijdan keltirilgan chigit tarqatilgan.