Kattaqo‘rg‘onga Turkiyadan zamonaviy chigit ekish seyalkalari keltirildi
- 26.03.2020 11:26
- 255
- Iqtisodiyot

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Omontosh ota” fermer xo‘jaligidagi chigit ekilishi rejalashtirilgan dala maydonida “Kattaqo‘rg‘on klaster” va “Amina gold” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan Turkiyadan olib kelingan, qishloq xo‘jaligida yangi turdagi chigit ekish seyalkalaridan amaliyotda foydalanish bo‘yicha dala amaliyoti seminari bo‘lib o‘tdi.
Viloyat prokuroraturasi bo‘lim boshlig‘i, Jomboy, Payariq tumani sektor rahbarlari hamda tumandagi qishloq xo‘jalik tashkilotlari rahbarlari, fermerlar, mexanizatorlar ishtirok etgan seminarda tuman hokimi A.Bahromov ushbu chigit ekish seyalkalarining imkoniyatlari va afzalliklariga to‘xtaldi.
Yangi turdagi chigit ekish seyalkalari odatiylaridan bir necha barobar samarali va chigitni bexato ekishi bilan ahamiyatli.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- Kecha, 17:07
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- Kecha, 15:14
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- Kecha, 14:46
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- Kecha, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- 11/07, 19:39
- Jamiyat