Bugun butun dunyo "ko‘k tusga kiradi". Samarqanddagi tarixiy obidalar ham

Bu yil O‘zbekiston Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayramga va “Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash” aksiyasiga qo‘shildi.

Xalqimiz ko‘k ranggda yoritilgan binolarni ko‘rishi mumkin.

Poytaxtdagi “Xalqlar do‘stligi”, “Turkiston” va Simpozium saroylari, “Poytaxt” biznes markazi, Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatri, O‘zbekiston tarix muzeyi, “Milliy” stadion, Hamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli bino, Xalqaro aeroport, Maktabgacha talim vazirligi hamda boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy, zamonaviy majmualari ham ko‘k rangda.

Bularning barchasi bolajonlarimizga e’tirof ramzidir.

20 noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni nishonlanadi. Ushbu sana 1954 yilda BMT tomonidan e’lon qilingan va yosh avlodning farovon hayotini ta’minlash uchun dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb qilishga qaratilgan. Aynan shu sanada 1959 yil Bosh assambleya tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, so‘ng 1989 yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan.