Bugun: Buyuk shoir, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
- 14.02.2019 08:13
- 325
- Madaniyat

Keltursa yuz baloni o‘shal...
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.
Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base
Mehru vafo raqibg‘a javru jafo manga.
Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo‘ldi ul pariy sifatim oshno manga.
Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.
Dardim ko‘rub muolajada zoyi’ etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.
To yor kimni istaru ko‘nglina kim yoqar,
Tashvishi bejihatdurur oxir sanga, manga.
Bobur bo‘lubturur iki ko‘zum yo‘lida to‘rt,
Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir manga-manga.
Teglar:
Zahiriddin Muhammad Bobur
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
She’rlarini so‘z emas, yurak bilan yozgan shoir
- Kecha, 21:45
- Madaniyat
Keyingi besh yillikdagi vazifalar belgilab olindi
- Kecha, 17:44
- Ta’lim