Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi eronlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi

"JCh-2026" va "Osiyo kubogi-2027" qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu o‘yin "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Muhim bellashuvni amirlik hakam Muhammad Abdulla Hassan boshqarib boradi.

"JCh-2026" va "Osiyo kubogi-2027" qo‘shma saralash bosqichi
"E" guruhi, 2-tur

21.11.2023 yil, soat 18:00
"Bunyodkor" stadioni, Toshkent

O‘zbekiston - Eron

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Al Hammadi, Hasan Al Mahri (ikkisi - BAA)
To‘rtinchi hakam: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)
Hakamlar nazoratchisi: Noboru Ishiyama (Yaponiya)
Komissar: Suvrat Tatte (Hindiston)