Bulung‘urlik 50 ga yaqin kam ta’minlangan fuqarolar uchun sayohat uyushtirildi

Bulung‘ur tumanidagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor fuqarolar uchun Buxoro viloyatiga bir kunlik sayohat tashkil etildi.

Tuman hokimligi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kengashi hamda “Nogironlar” jamiyati tuman bo‘limi va tibbiyot birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan sayohatga 50 ga yaqin aholi jalb etildi.

Ichki turizmni rivojlantirish va yordamga muhtoj aholini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan tadbirda sayohatchilar Buxoro viloyatidagi qadimiy qadamjolar va diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.