Bulung‘urda “Neksiya-2” nega ag‘darilgandi?

2019 yil 28 iyun kuni soat 16.00 larda M-39 avtomobil yo‘lining 1061-kilometri (Bulung‘ur tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududi)da “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida haraktlanib ketayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina haydovchi S.M. uxlab qolishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan haydovchining oila a’zolari (uch kishi) yengil tan jarohati olgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Bulung‘ur tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.