Bulung‘urlik fuqaroning familiyasidagi bitta harf hujjatlarda turlicha qayd qilingan, bunga sud aniqlik kiritdi
Fuqarolik pasporti, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomasi singari shaxsiy hujjatlarimizda xato-kamchiliklar bo‘lsa, bir qancha mushkul vaziyatlarga tushib qolishimiz mumkin.
Bulung‘urlik Nargiza Abduraxmonova bunga o‘z taqdiri misolida guvoh bo‘ldi.
Sudga taqdim qilgan arizasida qayd etilishicha, Nargiza Abduraxmonova 1976-1989 yillarda Bulung‘ur tumanidagi sobiq Gagarin jamoa xo‘jaligida ishchi bo‘lib ishlagan. O‘sha paytda ish stajiga familiyasi va ismi “Abraxmanova Nargiz” deb noto‘g‘ri yozib ketilgan, aslida uning barcha hujjatlarida ism, familiyasi Abduraxmonova Nargiza bo‘lgan. Shu sababli nafaqaga chiqolmasdan sarson bo‘lgan.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan Bulung‘ur tuman idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivida saqlanayotgan Gagarin sovxozining 1976-1989 yillarda Abraxmanova Nargiz nomiga yozilgan ish haqi kitobidagi hujjatlar Abduraxmonova Nargizaga tegishli ekanligi fakti tasdiqlandi.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish mumkinki, xuddi shunday muammo bilan sarson bo‘lib yurgan yana 4 nafar fuqarolarning hujjatlari tegishlilik fakti sud tartibida belgilab berildi.
Sherjaxon Zayniddinov,
fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi.