Buxoroda shifokor II guruh nogironligini olib berish uchun 700 ming so‘m bilan qo‘lga tushdi

Buxoroda shifokor pora bilan qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, Kogon tumani Sargun mahallasida yashovchi fuqaro N.A. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra Buxoro shahar Losha mahallasida yashovchi, Kogon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada shifokor lavozimida ishlovchi, 43 yoshli F.S. 100 AQSh dollar evaziga fuqaro N.A.ning tug‘ma aqli zaif farzandiga 2 guruh nogironligini olib berishni va’da qilgan. So‘ngra shifokor Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar kasalxonasi oldida talab qilingan puldan 700.000 so‘mni olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi va 25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.