Buyuk Britaniyada bir tonna kokain ortilgan kema qo‘lga olindi
- 04.09.2019 19:50
- 58
- Xorij

Ispaniya milliy politsiyasi va Britaniya huquqni muhofaza qilish tashkiloti hamkorlikda tadbir o‘tkazishdi. O‘tkazilgan tadbir natijasida deyarli bir tonna kokain ortilgan kema qo‘lga olindi.
Yelkanli kema Mayorkada xarid qilingan, so‘ng u Tenerifdagi Ayamonte portiga (Uelva viloyati, Andalusiya avtonom jamiyati) yo‘l olgan, u yerda uning raqamlari o‘chirilgan. Undan keyin kema Suringa yuborilgan, u yerda gumonlanuvchilar unga narkotik moddalarini yuklashgan. Janubiy Amerika mamlakatidan kema Buyuk Britaniya tomonga yo‘naltirilgan. U Uels qirg‘og‘ida qo‘lga olingan. Ikki nafar ekipaj a’zosi va to‘rt nafar yo‘lovchi hibsga olingan. Bu haqda Ispaniya Milliy politsiyasi xabarida keltirilgan.
Kemani kuzatish tadbiri, Ispaniya Milliy politsiyasi Britaniya jinoyatga qarshi kurashish Milliy agentligi tomonidan olgan ma’lumotlardan so‘ng 2018 yil dekabr oyida boshlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 2 soat avval
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Ayol muhabbatdan iborat
- Bugun, 11:24
- Mutolaa