Buyuk Britaniyada 4,5 million odam qaytadan karantinga olindi
- 01.08.2020 08:30
- 99
- Xorij
Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi qat’iy karantin choralari to‘liq Katta Manchester grafligi hududi va qisman Lankashir va G‘arbiy Yorkshir hududlariga nisbatan tatbiq etilgan. Aholiga bir uyda yashamaydigan odamlar bilan ko‘rishish taqiqlangan, biroq bir qator jamoat joylari faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda, jumladan, restoran va kafelar ham.
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilinmagani vaziyatning keskinlashishiga sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Biroz ilgari London Imperiya kolleji va Berklidagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari, dunyoning turli mamlakatlarida joriy etilgan qat’iy cheklov choralari o‘n millionlab insonlar hayotini saqlab qolganini isbotladi. Faqatgina Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin chora-tadbirlari 500 mingdan ortiq inson hayotini saqlab qolgan.