Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yana bir qit’aga yetib keldi
Ha, Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi Kanadada ham qayd etildi. Bu haqda Ontario provinsiyasi saytida xabar berildi.
Kasallikni Durxam munitsipalitetidan bir juftlik yuqtirgan. Taajjublanarlisi, ular mamlakatdan chiqmagan va boshqa yuqtirish xavfi bo‘lmagan. Hozirda ular izolyasiyada.
26 dekabr yarim tundan boshlab viloyatda qattiq cheklov choralari amal qilmoqda. Shu kuni yangi shtamm Fransiya va Ispaniyada, bir kun oldin Irlandiya va Yaponiyada, 24 dekabrda Germaniyada aniqlangan.
Ma’lumki, koronavirusning xavfli mutatsiyasi dastlab Buyuk Britaniyada topildi. Bugungi kunga kelib yangi shtamm bilan mingga yaqin yuqtirish holati ma’lum bo‘lgan. Mutatsiyalangan virus Daniya, Belgiya, Gollandiya, Avstraliya, Janubiy Afrikagacha yetib borgan. Britaniyaning yangi yuzaga kelgan nafas yo‘llari viruslari taxdidi bo‘yicha maslahat kengashi koronavirusning ushbu turi juda tez tarqalishini aytdi.
20 dan ortiq davlat, shu jumladan Rossiya Buyuk Britaniya bilan transport aloqalari to‘xtatilishini e’lon qildi.