Buyuk Britaniyada grippdan vafot etganlar soni koronavirus qurbonlari sonidan oshib ketdi
- 13.08.2020 18:10
- 147
- COVID-19
Iyun-iyul oylarida COVID-19 ga aloqasi bo‘lmagan gripp va pnevmoniyadan vafot etgan britaniyaliklar soni COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etgan bemorlar sonidan deyarli uch barobarga oshib ketdi. Ushbu ma’lumotni Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati taqdim etdi.
Statistika xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 19 iyundan 31 iyulga qadar gripp va pnevmoniyadan jami 6626 kishi vafot etgan. Xuddi shu muddat ichida koronavirus infeksiyasi oqibatida 2992 nafar bemor vafot etgan.
Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, 13 avgust holatiga dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 20.806.965 nafarni tashkil etmoqda. Umumiy hisobda 13.706.688 nafar bemor sog‘aygan, 747.258 nafar bemor vafot etgan. So‘nggi kecha-kunduzda 284.744 nafar yangi kasallanish holati qayd etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa