Sitrus mevalarni tomorqada yetishtirish mumkin

Limon o‘zida flavonoid moddasini saqlaydi. Bu modda viruslar, allergen va konsergenlarga qarshi kurashuvchi yagona biologik tur hisoblanadi. Qolaversa, limon qon bosimini me’yorlashtirishda ham eng yaxshi davodir. Shu bois mavsum payti bozorda limonning bir kilogrami 30-40 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

Limon sitrus meva hisoblansa-da, uni uy sharoitida ham yetishtirish mumkin. Buning uchun 1 sotix maydonni yaxshilab ag‘darib, 6-8 tup limon ko‘chati o‘tqaziladi. Namlikni saqlash uchun ostiga qoraqum sepiladi va sug‘orishda nihol va suv qo‘yiladigan ariqcha orasida 30-35 santimetr masofa qoldiriladi. Sababi ko‘chatlar ildiziga suv bormasligi kerak.

Ammo uy sharoitida bu mevani qanday yetishtirish mumkin?

Jomboy tumani Zarafshon mahallasida yashovchi Rahmon Sarobekov ko‘p yildan buyon qon bosimini me’yorlashtirish uchun asal va limondan foydalanib kelsa-da, dehqonchilikdan xabari yo‘q edi. Asli kasbi quruvchi bo‘lgan Rahmon aka nafaqaga chiqqach, tomorqasidan bir sotix maydonga limon va mandarin ko‘chatlari ekdi, ularni e’tibor bilan parvarishladi. Hozir sitrus daraxtlarning har biri o‘rtacha 50-60 kilogramdan hosil beradi.

-   Bozorlarimizdagi limonlar yurtimizning janubiy viloyatlaridan keltirilgan. Daryo yaqin bo‘lganligi bois bizda limonlar biroz kechroq pishadi, - deydi R.Sarobekov. – Ammo Yangi yil bayramiga qolmasdan xaridorlarning o‘zlari qidirib kelishadi. Limon mavsum tanlamaydi va yilning to‘rt faslida ham mevasiga xaridor topiladi. Tomorqamda limon va mandarindan yuqori hosil oldim. Endi mo‘’jazgina issiqxonani kengaytirib, kivi yetishtirishni mo‘ljallayapman.

Ahror ShAMSIYEV,

“Jomboy tongi”.