COVID-19 ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi
- 12.08.2020 13:10
- 667
- COVID-19
Hukumatning tegishli qarori (474-son, 11.08.2020 y) bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shildi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham tegishli o‘zgarishlar kiritildi.
Teglar:
COVID-19
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
A’lochi o‘quvchilarga bepul yo‘llanma beriladi
- Kecha, 15:00
- Samarqand
Hayit xayr-baraka, ma’naviy yuksalish bayrami
- Kecha, 12:31
- Jamiyat