COVID-19 ni yuqtirib olgan odam nega hid sezishni yo‘qotadi?

Kasallik davrida COVID-19 ni yuqtirib olgan odamning burun shilliq qavati shishib ketadi. Shuning uchun hid sezish qobiliyati yo‘qolib qoladi.

Kasallanganlarning deyarli 90 foizda hid sezish qobiliyati bir oy ichida tiklanadi.
Hid bilish qobiliyatini tiklash uchun tomirlarni qisqartiruvchi preparatlar, tomchi vositalaridan foydalanish, burun bo‘shlig‘ini muntazam ravishda chayib turish va xona namligini ta’minlab turish kerak.

Olimlarning ta’kidlashicha, hid sezish qobiliyatining buzilishi faqat koronavirus bilan bog‘liq emas. Ba’zan buning sababi nafas olish tizimining kasalliklari yoki tanadagi yoshga doir o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkin.