COVID-19 qarshi vaksinani mutatsiyaga moslashning imkoni bor

“Bugungi kungacha kuzatilgan COVID-19ning mutatsiya jarayoni ishlab chiqarilayotgan vaksinaning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Mabodo bunday o‘zgarishlar kelajakda sodir bo‘lsa, unda vaksinani ham mutatsiyaga moslash imkoniyati mavjud”, deya ta’kidladi Germaniyaning Robert Kox instituti bosh shifokori o‘rinbosari Lars Shaade.

- Virus bilan sodir bo‘lgan har bir mutatsiya vaksinaning samarasizligiga olib kelmaydi. COVID-19 mutatsiyasi haqida ko‘p marotaba ma’lum qilindi. Biroq ularning hech biri virusning immunitetga nisbatan xavfini oshirmaydi, - dedi Shaade 7 may kuni o‘tkazilgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar jiddiy mutatsiya sodir bo‘lgan taqdirda vaksina unga moslashtirilgan holda o‘zgartiriladi va bu ishni amalga oshirish tizimi shakllanib bo‘lingan. Bu masalada jiddiy muammolarga duch kelinmaydi.