Covid-19ning yengil turi bilan kasallanib tuzalgandan so‘ng oila a’zolaridan qancha vaqt davomida izolyasiyada bo‘lish kerak?

Ushbu savolga AOKA huzurida bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov javob berdi:

➖ Kasallanib davolangandan keyin PZR test tahlili manfiy chiqqan taqdirda bemor yuqumli emas, ya’ni infeksiya manbai hisoblanmaydi.

Bemor bilan muloqotda bo‘lganlarda ham 14 kun karantin davrida kasalllik belgilari aniqlanmasa, ular ham uy sharoitidagi karantinidan chiqariladi.