Daniyaga terrorchilik tahdid solmoqda
- 13.02.2021 14:55
- 62
- Xorij

Daniyada bir nechta maxsus operatsiyalar davomida ekstremistik guruhlar bilan aloqada va teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 13 kishi hibsga olindi.
Tintuvlar paytida qurol, shuningdek portlovchi moddalar tayyorlanadigan kimyoviy materiallar topilgan. Hibsga olinganlar orasida sakkiz erkak va besh ayol bor. Ularning fuqaroligi oshkor qilinmagan.
«Bu voqealar bizni juda xavotirga soldi. Biz boshqa narsalardan tashqari Ishid bayrog‘ini ham topdik. Bu bizning ushbu odamlar islom militarizmi bilan ilhomlangani haqidagi gumonimizni tasdiqladi. Afsuski, Daniyada terrorchilik xavfi jiddiy», deydi Daniya xavfsizlik politsiyasi xodimi Flemming Dreyer.
Operatsiyaning bir qismi Germaniyada bo‘lib o‘tdi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, gumondorlarning kamida bittasi u yerda qo‘lga olingan. Politsiya porox, zapal va tashviqot materiallarini musodara qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Registrator ofisida 60 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
- 24 daqiqa avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 32 daqiqa avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 38 daqiqa avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 1 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat