Davlat notarial idoralariga 32 notariuslar tayinlandi
Joriy yilning 5 mart kuni respublikadagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlovlar yangi tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Notarius lavozimiga tanlovda qatnashish uchun jami 43 nafar nomzodlar talabgor sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirdi.
Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.
Tanlovda talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar, fuqarolik huquqi va notariat sohasidagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovlar natijasida Namangan viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 4 ta, Surxondaryo viloyatida 9 ta, Farg‘ona viloyatida 10 ta va Xorazm viloyatida 7 ta davlat notarial idoralariga notariuslar tayinlandi.
Samarqand viloyati:
Jomboy tuman 2-son DNI notariusi lavozimiga – Azizov Djaxongir Ilxomovich;
Kattaqo‘rg‘on shahar 1-son DNI notariusi lavozimiga – Botirov Ozod Komildjonovich;
Paxtachi tuman 1-son DNI notariusi lavozimiga – Xudjanova Dilobar Maxmudovna;
Samarqand shahar 12-son DNI notariusi lavozimiga – Xo‘jamqulov Xusan Urinboyevich.