Davlat tiliga hurmat bolalikdan boshlanadi

Til siyosati barcha davrlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Hozirgi kunda dunyoda 7 yarim milliard aholi bo‘lsa, ular 7 mingdan ortiq til, lahja va shevada gaplashadi. Lekin 7 ming tildan atigi 1 foizida dunyoning 90 foiz mamlakatida gaplashiladi. Ularning orasida o‘zbek tilining ham borligi bizga g‘urur bag‘ishlaydi.

Dunyoda 50 milliondan ortiq odam o‘zbek tilida muloqot qiladi. Nafaqat mamlakatimizda, balki xorijdagi hamyurtlarimiz hamda xorijdagi o‘zbek tilini o‘rganish istagini bildirgan chet ellik fuqarolar ham shular jumlasidandir.

Binobarin, davlatimiz rahbari tashabbusi va g‘oyasi bilan Milliy bog‘da yaratilgan Adiblar xiyoboni mamlakatimizda o‘zbek adadiyoti va tiliga ehtirom ramzidir.

Buyuk alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy o‘zining “Turkiston qayg‘usi” kitobida: “Odam o‘zligini unutmasligi uchun uch narsani qo‘ldan boy bermasligi kerak: Vatanini, dinini va tilini” deb yozgan edi.

Vazirligimizda ham bu masalaga jiddiy e’tibor berilyapti. Barcha yangi MTMlar chiroyli o‘zbekcha nom bilan atalyapti, xorij tilidagi nomlar o‘zgartirilyapti. Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar yuborilib, joylarda bu bo‘yicha seminarlar tashkil etayapmiz. Hozir tegishli OTM bilan hamkorlikda tizimimizdagi xodimlarning davlat tili bo‘yicha savodxonligi, bilim va malakasini sinovdan o‘tkazish rejalarini qilyapmiz.

Kamola RISQULOVA,

Maktabgacha ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi.