Davlat xizmatlari markazlarida “cash payment” texnologiyasi joriy etildi

Milliy oliy ta’lim muassasalariga qabul tugashiga bor yo‘g‘i 3 kun qoldi.

Joriy yilda abituriyentlar soni keskin oshgani sababli, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida navbatlar yuzaga chiqayotganligi haqidagi xabarlar tarqala boshladi.

Davlat xizmatlari agentligi muammoni yechimini topish uchun Davlat xizmatlari markazlarini 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazdi. Ya’ni, endilikda abituriyentlar hujjatlarini belgilangan OTMlarga topshirish uchun istalgan vaqtda murojaat etish imkoniga ega. Mazkur qadam abituriyentlarga ancha qulaylik yaratdi.

Raqamlar ham buning yaqqol isbotidir. Misol uchun, 11 iyul kuni soat 20.00 dan 12 iyul 08:00 ga qadar mamlakatimiz barcha DXMlari orqali bo‘yicha 1 000 ga yaqin abituriyent belgilangan OTM imtihonlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Umuman olganda esa, bugungi kunga qadar 73 501 nafar abituriyent OTMga hujjatlarini bizning Markazlar orqali topshirishgan. Ularning 41 646 nafari 2019 yil bitiruvchilari.

DXMlar 24 soat ishlagani bilan avvalgi yillar bitiruvchilari to‘lovlarni qayerga qilsin, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Biz buning yechimini ham topdik! Endilikda barcha Davlat xizmatlari markazlarida “cash payment” texnologiyasi joriy etilgan. Bu esa naqd to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassaga murojaat qilmasdan, Markaz xodimining o‘ziga to‘lash imkonini yaratadi.