Demokratlar Senatga Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyani taqdim etdi
AQShning Demokratlar partiyasi a’zolari Senatga sobiq prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyani taqdim etdi.
Ushbu hujjat "isyonga undash" moddasiga asoslangan.
Jarayon 8 fevralda boshlanadi va ish sudda ko‘rib chiqilib, Trampga hukm tayinlanadi. Tomonlar guvohlarni chaqirib, hujjatlar taqdim etishlari mumkin. Muvaffaqiyat uchun demokratlarga senatorlar ovozining uchdan ikki qismi talab etiladi.
AQSh Vakillar palatasi Trampni 13 yanvar kuni tartibsizliklar qo‘zg‘aganlikda ayblab, 232 tarafdor va 197 qarshi ovoz bilan impichment e’lon qildi. U Palata tomonidan ikki marotaba «impichment e’lon qilingan birinchi prezident» bo‘lib mamlakat tarixida qoldi.
Senatda g‘alaba qozonish uchun demokratlar 17 respublikachini o‘z tomonlariga jalb qilishlari kerak. Ammo hozirga qadar ularning olti nafardan boshqasi demokratlarni qo‘llashga moyillik bildirmagan. Agar impichment e’lon qilinsa, Tramp kelajakda davlat lavozimlarida ishlash va saylovlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etilishi mumkin.