Deputat muammoga e’tibor qaratdi. Mutasaddilarchi...

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Badriddin Nasriyev shaharning “Yetti go‘r” qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish vaqtida qabriston hududidagi ko‘p yillik daraxtlarning fuqaro Hasan Islomov tomonidan noqonuniy ravishda kesilayotgani aniqlandi.

Ushbu holatning oldini olish bo‘yicha Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspeksiyasi xodimlari chaqirtirilib, H.Islomovga nisbatan qonunda belgilangan jarima choralari qo‘llanildi.

Deputatning ta’kidlashicha, Samarqand shahridagi Cho‘ponota massivida istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yish bo‘yicha qilayotgan murojaatlariga viloyat arxitektura-qurilish nazorat inspeksiyasi e’tiborsizlik bilan qaramoqda.

Nazorat inspeksiyasi noqonuniy qurilishlarga qachon chek qo‘yadi?