Diqqat! “Suvoqova” DUK Samarqand shahar filiali ogohlantiradi

Cho‘ponota suv inshootidan Samarqand shahrining bir qismini suv bilan ta’minlaydigan 1000 diametrlik suv liniyasining Toshkent yo‘li qismida avariya holati sodir bo‘lganligi tufayli Bo‘stonsaroy,  Dahbed ko‘chalari, Ko‘ksaroy maydoni hamda Samarqand shahrining Bog‘ishamol, Temiryo‘l, Siyob hududlarining ayrim joylarida ichimlik suvida uzilish kuzatiladi.

Avariya holati taxminan soat 18:00 lar atrofida bartaraf etiladi va soat 20:00 dan suv berish boshlanadi. Ehtiyot choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.