Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan olib chiqishga chaqirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini ishlab chiqarishni Xitoyday olib chiqishga chaqirdi.
Tramp shunga o‘xshash kompaniyalarga chegaralangan vaqt mobaynida ko‘mak berishga qodirligini, “ular bajarishi kerak bo‘lgan ishni bajarmagunlarigacha: ehtimol, Xitoydan ketish”, - deb ta’kidlagan.
19 avgust kuni Tramp Xitoyga qarshi yangi to‘lovlar joriy qilinishi sabalari haqida gapirgan, bu haqida Apple rahbari Tim Kuk to‘xtalib o‘tgan. Kukning so‘zlariga ko‘ra, chegaralash choralari korporatsiyaning raqobatchilariga, jumladan asosiy raqobatchi Janubiy Koreya kompaniyasi Samsungga sezilarli foyda beradi.
Iyul oyida, 2018 yilda Apple daromadining 20 foizini Xitoy ta’minlagani ma’lum bo‘ldi.
1 sentyabrdan boshlab AQSh 300 mlrd. dollar hajmdagi Xitoy importlariga 10 foizli qo‘shimcha to‘lov kiritadi. Iqtisodiy urush davomida ular ilk bora keng qamrovli iste’mol mahsulotlarini qamrab oladi. Mahsulotlarning ayrim turlari noutbuk, smartfon, video o‘yin mahsulotlari, poyafzal va kiyim kechaklarning ayrim brendlari kabilarga nisbatan sanksiya qo‘llash 15 dekabrgacha qoldirilgan. Tramp bunday qarorni amerikaliklarning rojdestvo bayrami arafasida xaridlari (shopping) buzilmasligi uchun qilingani bilan izohladi. Xitoy javob choralarini qo‘llashga va’da berdi.