Donald Tramp koronavirus muammosi yuzasidan Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan suhbatlashdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp 27 mart kuni XXR rahbari Si Szinpin bilan koronavirus muammosi yuzasidan suhbatlashganini ma’lum qildi.

“Hozirgina XXR yetakchisi Si Szinpin bilan juda samarali suhbat qurdim. Sayyoraning katta qismini egallab olgan koronavirus muammosini muhokama qildik. Xitoy ko‘p sinovlarni boshidan o‘tkazdi va virus haqida aniq tushunchalarga ega bo‘ldi. Biz u bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. O‘lkan hurmat! (Xitoyga)”, deb yozdi Donald Tramp o‘zining rasmiy Tvitter akkauntida.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha AQSh va Xitoy hukumatlari koronavirus borasida (nafaqat koronavirus borasida, balki boshqa masalalarda ham) bir-biriga turli ayblar e’lon qilib kelayotgan edi.