Dorixonalarda zaharli xapdorilar. Ularni kim, qaysi korxona ishlab chiqaryapti?
Amerikaliklar original dori-darmonlar qimmatligidan ularga o‘xshash arzon xapdorilarni xarid qilishga majbur bo‘lmoqda.
Farmokologik industriyaning bu hiyla-nayranglari sir-asrorlarini tadqiq etgan jurnalist Ketrin Eban bunday dorilar asosan Hindiston va Xitoyda ishlab chiqarilayotgani haqida ogohlantirdi. Dori-darmonlar sifatini nazorat qiluvchi hukumat agentligi esa xorij farmatsevtika korxonalari mahsulotlari AQShning barcha standartlariga mos kelishiga odamlarni ishontirishga urinmoqda.
Eban o‘zining «Flakondagi yolg‘on» kitobida AQSh inspeksiyasi odatda korxonalarni tekshiruvdan oldin xabardor qilishini yozadi. Bu esa brak mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarish jarayonlari hujjatlarini tuzatib qo‘yishga imkon beradi.
Kompaniyalar dori sifati va atrof-muhit muhofazasiga talab qat’iy bo‘lmagan chet ellarda ishlab chiqarishni ochishdan manfaatdordirlar. Hindistonda ishchi kuchi arzon va yana xomashyodan yaxshigina tejash mumkin. Amerika va G‘arbiy Yevropa kompaniyalari esa xorijda farmatsevtika fabrikalarini arzongina narxda sotib olib, ishlab chiqarishni o‘sha yoqqa ko‘chiradi.
Eng yomoni, xapdorilar sifati ularni tekshiruvdan o‘tishiga va qayerga mo‘ljallab ishlab chiqarilganiga bog‘liq. Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerikaga eng past sifatga ega dorilar yetkazib beriladi. Yevropaga esa mutlaqo boshqa dorilar jo‘natiladi. Har kuni ichish buyurilgan va asorati yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan zaharli dorilarni qabul qiluvchilar o‘z hayotlarini ko‘proq xatarga qo‘yadilar. "Bunday dorilarni xarid qilishdan oldin ularni internet bo‘yicha tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Uni ishlab chiqaruvi kim, doridan foydalanganlar qanday munosabat bildirganini bilib olish zarur» deydi jurnalist Ketri Evan. AQShda sotilayotgan 40 foiz xapdorilar hind kompaniyalarida ishlab chiqarilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi hind dori-darmonlarining 10 foizida faol moddalar juda kam bo‘lib, davolashda hech qanday samara bermagani aniqladi.
AQShda shifokorlar bunday sifatsiz dorilarni aniqlash va bemorlarga original xapdorilarni yozib berishga harakat qilishmokda. Ayniqsa, ular yurak kasalliklariga dori yozib berishda juda ehtiyoj bo‘lishmokda. Xalqaro nazorat hind dorilarining 15 foizida 1600 ta xatoni aniqladi. Jumladan, ikki gigant hind farmatsevtika korxonasi – Wockardt va Sun Pharmaceuticars LTD mahsulotlari sifati past.
"Mir novostey" (2020 yil, 9-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.