DTM: Qancha abituriyent Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi?

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan, joriy yilning 5 iyul (soat 18:00) holati bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagicha:

Samarqand davlat universitetiga – 25793 nafar;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 3379 nafar;

Samarqand davlat chet tillar institutiga – 3126 nafar;

Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 5594 nafar;

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga – 2509 nafar;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 2854 nafar;

TATU Samarqand filialiga – 1191 nafar;

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga – 1347 nafar;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 310 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan.
Viloyatda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan jami abituriyentlar soni 46107 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz: 2020-2021 o‘quv yili uchun viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga jami 9953 nafar talaba qabul qilinadi.