Dunyo tan olgan o‘zbek tilim
2020 yil 23 sentyabr O‘zbekiston tarixidagi muhim sanaga aylandi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil 31 yil to‘ladi. Shu davr mobaynida tilimizning sofligi, ildizi uzoq yillik tarixga borib taqalishi, buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Inb Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy shu tilda gaplashgani bizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Tilimizning nufuzini hazrat Alisher Navoiy o‘zining asarlarida benihoya chiroyli tarzda ifodalab, dunyoda so‘z boyligi bo‘yicha yetakchi o‘rinda turishini isbotlab berdi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinishi ham muhim tarixiy voqelikka aylandi. 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Prezidentimizning o‘zbek tilida nuqt so‘zlashi haqidagi xabarlar dunyo ahlini ham befarq qoldirmadi. Shaxsan men Yurtboshimizning BMTdagi nutqini eshitib, faxr tuyg‘usini his etdim.
Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi.