Dunyo xabarlari qisqa satrlarda: Ilon Mask insoniyat uchun potensial tahdidni aytdi
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda: Isroil armiyasi HAMAS mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi. Turk Havo yo‘llari Istanbuldan uchuvchi barcha reyslarni bekor qildi. Shimoliy Koreya butun dunyo bo‘ylab o‘nlab elchixonalarni yopmoqda. Prigojinning o‘g‘li marhum otasining o‘rnini egalladi. Mask insoniyat uchun potensial tahdidni aytdi.
🔻 Turk havo yo‘llari aviakompaniyasi bugun chiptalarni bron qilish tizimidagi texnik nosozliklar sababli Istanbuldan soat 19:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan barcha reyslarni bekor qilgan. Aviakompaniya qoldirilgan reyslar bilan bog‘liq zararni qoplashini aytgan.
🔻 Bugun tongda Ukraina harbiylari oltita samolyot tipidagi dron yordamida Rossiyada nishonlarga zarba uyushtirgan. Rasmiy Moskva dronlar urib tushirilganini e’lon qildi.
🔻 Dunyoda eng katta artilleriya snaryadlari va raketalarga ega Shimoliy Koreya Rossiyaga bir milliondan ortiq artilleriya snaryadlarini jo‘natgan. KXDRga ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng harbiy razvedka yo‘ldoshini uchirishda Rossiya texnik yordam ko‘rsatmoqda deb hisoblaydi Janubiy Koreya razvedkasi.
🔻 Yevgeniy Prigojinning o‘g‘li Pavel Rossiya gvardiyasi tarkibida "ChVK Vagner"ning yangi rahbari bo‘ldi.
🔻 SpaceX, Tesla va X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) egasi Ilon Mask sun’iy intellektni insoniyat mavjudligi uchun potensial tahdid deb hisoblaydi.
🔻 AQSh Rossiya delegatsiyasining San-Fransiskodagi ATES sammitida (11-17-noyabr) munosib ishtirok etishini ta’minlashga harakat qiladi. Shu bilan birga, Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasini hisobga oladi.
🔻 Shimoliy Koreya butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Ispaniya, Gonkong va bir qancha Afrika mamlakatlaridagi o‘nga yaqin elchixonasini yopishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatning dunyo bo‘ylab 25 foizgacha vakolatxonalari yopiladi degani. Elchixonalarning yopilishi "so‘nggi o‘n yilliklardagi Shimoliy Koreyadagi eng yirik tashqi siyosiy larza" bo‘lib, xorijdagi imkoniyatlariga ta’sir qiladi. O‘ndan ortiq missiyalar, ehtimol, xalqaro sanksiyalar, Pxenyanning global hamkorlikdan chiqish tendensiyasi va mamlakat iqtisodiyotining zaiflashishi tufayli yopilishi mumkin. KXDR 159 davlat bilan rasmiy diplomatik aloqalarga ega, biroq xorijda 53 ta diplomatik vakolatxona, jumladan, uchta konsullik va uchta vakolatxonaga ega.
🔻 Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi HAMAS mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, havo, dengiz va quruqlikdagi hujumlar yordamida harbiy kuchlar G‘azo sektori shimolidagi HAMASning oldingi chizig‘iga kirib borgan.
🔻 G‘azo sektorida Turkiya hukumati tomonidan qurilgan Falastin-Turkiya do‘stlik kasalxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Tibbiyot muassasasi saraton kasalligini davolashga ixtisoslashgan edi. Anklavda harbiy harakatlar boshlanganidan beri turk kasalxonasidan tashqari 17 ta tibbiyot muassasasi yopilgan.
🔻 Germaniyaning Frankfurt-Mayn sudi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblab, tergov doirasida musodara qilingan mol-mulkni qaytarishni buyurdi.