Dunyoda ro‘y bergan voqealar qisqa satrlarda

🔻Yaponiyadagi Idzu arxipelagining janubida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilingan. Qurbonlar va talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.

🔻Turkiya hukumati 2023 yil oktyabr oyida Ukrainadagi mojaroni hal qilishga bag‘ishlangan xalqaro yig‘ilish o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Uchrashuv ishtirokchilari “Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘llari”ni muhokama qilish niyatida. Rossiya vakillari uchrashuvga taklif etilmaydi.

🔻 Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qanday holatda iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Agar uning ketishi bilan mamlakatdagi barcha xavfsizlik muammolari hal etilishiga ishonchi komil bo‘lsa, keyingi soniyalarda hukumatni tark etishini aytdi.

🔻 Dog‘istonning Qizilyurt shahri meri Magomedov hibsga olindi. Amaldor Dog‘iston sport vaziri bo‘lgan davrida (2012-2021) jinoyatchilikka aloqadorlikda va byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

🔻 Buyuk Britaniya bosh vaziri 2008 yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi.

🔻 Bayden AQSh Kongressi a’zolari keyingi yordamni ma’qullamasa, Kiyev uchun mablag‘ topa olishiga shama qildi. “Ukrainani bizga kerak bo‘lgan navbatdagi transh bilan qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin. Buning uchun mablag‘ topishning boshqa vositalari ham bor”, dedi u. Bayden AQSh Kongressining Ukrainaga qo‘shimcha katta moliyaviy yordam ko‘rsatishdan voz kechishidan xavotirda.

🔻 Texas universitetining amerikalik olimlari Yangi Zelandiya qirg‘oqlaridan taxminan 3,2 km. chuqurlikda yotgan ulkan suv omborini topishdi. "Dengiz" 125 million yil avval, bir necha million yil davom etgan va Yer yuzasiga AQSh hajmidagi lava to‘pi paydo qilgan ulkan vulqon platosining cho‘kindi va jinslarida joylashgan.

🔻 2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixda birinchi marta uch qit’ada - Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Portugaliya va Marokash birinchi marta futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Chempionat bir vaqtning o‘zida oltita davlatda o‘tkaziladi. 2026 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati Kanada, Meksika va Qo‘shma Shtatlarda o‘tadi, bu ikkitadan ortiq davlat tomonidan o‘tkaziladigan birinchi o‘yin bo‘ladi.