Dunyodagi eng boy davlatlar beshtaligi

2021 yilda qaysi davlatlar dunyodagi eng boy davlatlar ro‘yxatiga kirdi va nima sababdan?

Keling, dunyoning eng boy davlatlari beshtaligi bilan tanishamiz.

5-o‘rin – Birlashgan Arab Amirliklari

Yalpi ichki mahsulot kishi boshiga (ularning umumiy soni deyarli 10 million) 58 000 AQSh dollariga yetadi. Neft va alyuminiy ishlab chiqarish, rivojlangan sayyohlik industriyasi va puxta o‘ylangan iqtisodiyot cho‘l sharoiti va chidab bo‘lmas issiq iqlimni yengishga muvaffaq bo‘ldi: eng yaxshi mehmonxonalar, ulkan osmono‘par binolar, boy shayxlar va «qora oltin»ga milliy minnatdorchilik endilikda sayyorada Birlashgan Arab Amirliklarini ifodalaydi.

4-o‘rin - Norvegiya

Nihoyat darajadagi gullab-yashnayotgan Skandinaviya mamlakati: BAA issiqni yenggan bo‘lsa, Norvegiya sovuq va qiyin tabiiy sharoitni yengib o‘tgan. Aholisi 5,3 million kishini tashkil qiladi va yalpi ichki mahsulot har biriga deyarli 57 ming AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Neft va tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash bu mamlakatning kuchli davlatlar beshligiga kirishiga yordam berdi.

3-o‘rin - Singapur

Qiziq, bu yerda deyarli hech qanday foydali qazilma yo‘q, biroq 5,7 million aholining barchasi nihoyat darajada shuhratparast (tщ-ri ma’noda), kuchli nafsoniyatli, mehnatkash va intizomi orqali butun davlat darajasini ko‘taradi. Yuqori turmush darajasi qat’iy ijtimoiy qoidalar va past soliqlar bilan mujassamlashtirilgan va asosiy daromad turizm, kimyo va elektronika sanoati, bank va moliya sohalari orqali keladi.

2-o‘rin – Lyuksemburg

Mittigina (aholisi atigi 600 ming kishi), lekin naqadar boy mamlakat! Lyuksemburg dunyodagi eng muhim moliya-bank markazlaridan biri: bu yerda 200 dan ortiq banklarning filiallari, 1000 dan ortiq investitsiya jamg‘armalari faoliyat yuritadi va har kungi moliyaviy operatsiyalar soni va hajmi har qanday iqtisodiyotchini hayratda qoldiradi.

1-o‘rin - Qatar

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qatar so‘nggi bir necha yil davomida aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Qatar tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi, tabiiy gaz eksporti bo‘yicha oltinchi o‘rinda bo‘lib, neft va neft mahsulotlarining asosiy eksportchisi hisoblanadi. Aholisi taxminan 2,5 million kishini tashkil qiladigan neft imperiyasi hisoblanmish bu Yaqin Sharq davlati  o‘z aholisiga YaIMning 144 000 foizigacha  beradi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.