Dunyodagi eng qimmat OTMlar: Eng boy universitetlar qayerda joylashgan?

O‘ylab ko‘rganmisiz, qaysi universitet dunyoda eng qimmat, ular qayerda joylashgan va bunday oliy ta’lim muassasalari haqiqatan ham yoshlarga yaxshi ta’lim bera oladimi?
Yechim topish uchun biz eng qimmat universitetlarni, ularning o‘rtacha o‘qish to‘lovlari xarajati va talabalariga taqdim eta oladigan imtiyoz va istiqbollarni ko‘rib chiqdik. Bugun aksariyati AQShda joylashgan dunyodagi eng qimmat OTMlar bilan tanishasiz.

Harvi Madda kolleji

Самые дорогие вузы в мире: ТОП-20 богатейших университетов

Ushbu muassasa dunyodagi eng qimmat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Kollej 1955 yilda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarga tabiiy va aniq fanlar, IT va informatika yo‘nalishiga e’tibor berishni taklif qiladi. Bundan tashqari, bitiruvchi an’anaviy ravishda biologiya, farmatsevtika va genetik muhandislik bo‘yicha kuchli mutaxassis bo‘lib yetishadi.
Talaba yiliga o‘rtacha 80 000 dollar atrofida belgilangan xarajatning 44 000 dollarini turli stipendiyalar, grantlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shu jumladan OTM oldidagi maxsus xizmatlari orqali qoplashi mumkin. Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan muhtoj talabalar uchun ham imtiyozlar mavjud.

Jon Xopkins universiteti

Самые дорогие вузы в мире: ТОП-20 богатейших университетов

O‘qish uchun yiliga 69 000 dollar to‘lov belgilangan ushbu nodavlat ilmiy-tadqiqot kolleji ro‘yxatimizdagi ikkinchi o‘rinni egallaydi. U qullikka qarshi kurashgan savdogar Xopkins sharafiga nomlangan va uning homiyligi asosida 1876 yilda paydo bo‘lgan.
Bu yerda biomuhandislik va axborot texnologiyalari sohasida kuchli bilim beriladi, sayyoradagi eng yaxshi IT-xavfsizlik fakultetlaridan biri ishlaydi. Iqtidorli talabalarga yordam berish uchun mo‘ljallangan o‘quv to‘lovi ulushini 70 foizgacha kamaytiradigan puxta o‘ylangan stipendiya tizimi joriy qilingan.

Kolumbiya universiteti

Самые дорогие вузы в мире: ТОП-20 богатейших университетов

Amerikadagi eng qadimgi universitet 1754 yilda Britaniya qiroli Jorj II homiyligida asos solingan. OTM qit’adagi magistr darajasi berishni boshlagan birinchi universitet hisoblanadi.

Bu yerdagi o‘rtacha narx yorlig‘i 66 400 dollarni tashkil qiladi. Buning evaziga universitet asosan ijtimoiy va tabiiy fanlar, shuningdek, iqtisod va biznes jarayonlari bo‘yicha turli ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi.

Chet elliklarga o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplaydigan yordam va kurs davomida ishlab pul topish takliflari beriladi. Ko‘pincha to‘lovsiz, ammo kelajakda Amerikaning IT sektoridagi yirik korporatsiyalarda ish bilan ta’minlab beradigan ko‘plab stajirovkalar mavjud.

Sara Lourens kolleji

Самые дорогие вузы в мире: ТОП-20 богатейших университетов

Ushbu muassasa 1923 yilda ayollarning ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida o‘sishi uchun imkon berish maqsadida tashkil etilgan.
Yiliga 65 000 dollar narx ko‘rsatkich bilan liberal ta’lim siyosatini kutish qiyin, biroq talabalarning 75 foizi Lourens stipendiyasi oluvchilaridir. Turli grantlar, imtiyoz va to‘lovlar o‘qish narxini maqbul darajaga, yiliga 15 000 dan 20 000 dollargacha tushirishi mumkin.

Boshqa joylarda-chi?

Sayyoradagi eng qimmat universitetlar orasida Vaterloo kolleji, York va Vest Triniti kabi Kanada universitetlari bor.
Yevropada esa birinchi navbatda Angliya va Shotlandiyadagi Oksford, Kembridj, Dandi, Aberdin va Glazgo universitetlari yetakchi. Aytish joizki, qit’ada ta’limga yondashuv boshqacha – bu universitetlar narx ko‘rtastkichi AQShdagiga qaraganda ancha pastroq, stipendiyalari esa ancha yuqori.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.