Dunyodagi mashhur tillarning qancha so‘zlashuvchisi bor?

Yerdagi odamlar ko‘proq qaysi tilda gapiradi, qaysi til eng mashhur? Ingliz tili dersiz? Yo‘q, unday emas, dunyodagi eng ommalashgan til ro‘yxatimizning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. Umuman olganda, dunyoda 7 mingdan ortiq tillarda so‘zlashiladi, ulardan o‘ntaga yaqini esa esa eng mashhurlaridir.
Keling, bu to‘g‘rida batafsil so‘z yuritsak.

Xitoy tili - 1 milliard 300 million so‘zlashuvchi

Bu til Xitoy Xalq Respublikasi, Tayvan va Singapur davlatlarining rasmiy tili. Xitoy tili dunyodagi eng qiyin hisoblanadi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita rasmiy tillaridan biridir.

Ingliz tili - 600 million so‘zlashuvchi

Eng ommalashgan tilda 106 ta davlatda so‘zlashadi. U Buyuk Britaniyaning rasmiy va asosiy tili hisoblanadi. Hindiston, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Filippinda ingliz tilidan tashqari o‘z rasmiy tillari mavjud.

Hind tili - 490 million so‘zlashuvchi

Hindiston, Nepal, Bangladesh va Pokistonda shu tilda gapirishadi. Ko‘pchilik hind tili tez orada dunyoda eng ko‘p so‘zlashuvchisiga ega bo‘lib, Xitoy tilidan o‘zib ketadi, deb taxmin qilmoqda.

Ispan tili - 427 million so‘zlashuvchi

Ispan tilining dunyodagi 31 davlatida o‘z so‘zlashuvchisi bor. Ispan tili BMT, Yevropa Ittifoqi va Janubiy Amerika Millatlar Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlarining rasmiy tilidir.

Arab tili - 267 million so‘zlashuvchi

Bu tilda dunyoning 58 ta davlatida so‘zlashiladi. So‘zlashuvchilarning eng ko‘p soni Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Livan, Iordaniya va Misrda joylashgan. Qur’oni Karimning arab tilida yozilishi ham bu tilning tarqalishi uchun zamin yaratgan.

Rus tili - 260 million so‘zlashuvchi

Dunyoning 17 ta davlatida rus tilida so‘zlashadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita rasmiy tilidan biri hisoblanadigan rus tili Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarining rasmiy tili hisoblanadi. Shuningdek, rus tili Yevropada eng ko‘p so‘zlashiladigan va eng ko‘p gapiriladigan slavyan tili hamdir.

Portugal tili - 240 million so‘zlashuvchi

Portugal tilida dunyoning 12 ta davlatida gaplashiladi. Portugallar Braziliya, Angola, Makao, Mozambik va Venesuela davlatlarida mustamlakalarni o‘rnatish orqali o‘z tillarini dunyodagi eng ko‘p so‘zlashiladigan tillardan biriga aylantirgan.

Fransuz tili - 150 million so‘zlashuvchi

Fransuz tilida asosan Fransiyada, shuningdek, dunyoning yana 53 davlatida so‘zlashadi. Bu til Yevropa Ittifoqi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.