Dunyoning turli burchaklarida topilgan g‘alati haykaltaroshlik asarlari
Inson tomonidan yaratilgan yodgorliklar nafaqat ulug‘vor va go‘zal, ularning ba’zilari g‘alati va hatto qo‘rqinchli hamdir. Ko‘pincha ba’zi mualliflar o‘z asarlari orqali bizni abadiy va hayotiy narsalar haqida o‘ylashga majbur qiladigan chuqur ma’nolarni qo‘yadigan bo‘lsa, boshqalari o‘z g‘oyalarini tushuntirmaslikni afzal ko‘radi. Odamlarga o‘zlari ko‘rib, har kim o‘zicha talqin qilishini taklif qiladi.
Keyptaundagi g‘alati haykal, Janubiy Afrika
Do‘stingiz yoqangizda qandaydir hasharot borligini aytganda...
Yana kim bilsin, balki u “Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq” deb aytayotgan bo‘lishi ham mumkin.
London ko‘chalarining birida joylashgan g‘ayrioddiy haykallardan biri
Vankuverdagi qo‘rqinchli haykal
Xitoylik haykaltarosh tomonidan yaratilgan san’at asari “Yoshlikdagi takabburlik” deb nomlanadi. Chamasi muallif o‘z ijodi orqali odamlarga xafagarchiliklarni unutib, ichki mahzunlikni tashqariga chiqarib yuborishga undayapti.
Avstraliyada esa hammasi boshqacha
Stenford universiteti hududida yunon-rim qum qurtining haykali bor
Chexiya Respublikasidagi haykal: Tushunarsiz tildagi “bir nima”
“Bir fikr yuki”, Kaliforniya
Milandagi vertikal buqa
Vatslav maydonidagi g‘alati it, Praga
Ayniqsa, kyechqurun bunday maxluqotga duch kelish juda qo‘rqinchli bo‘lsa kerak.
Gigant makkajo‘xori qalamchasi haykali, Chidl, Angliya
G‘alati ko‘rinishi bilan birga, bu haykal ishtahani ochib yuboradi.
Ulkan odam yerdan sudralib chiqmoqda, Budapesht, Vengriya
Hassenfild kasalxonasi tashqarisidagi ulkan Dalmatin, Nyu-York
Ushbu ajoyib haykalning balandligi deyarli 12 metrni tashkil qiladi. Itning burnida kapalak qo‘ngandek, motori yo‘q haqiqiy “Prius” avtomobili o‘rnatib qo‘yilgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.