Duoning kuchi

#O‘qing_qiziq!

Olimlar ibodat barcha kasalliklarni davolaydigan kuchga ega ekanligini isbotladilar.

Ibodat kishi va uning ongiga qanday ta’sir qiladi? Birinchidan, u dindor kishining ma’naviy hayotining muhim qismi bo‘lib, albatta Xudoning borligiga ishonishni nazarda tutadi. U ham og‘zaki, ham aqliy, iltijo qilish yoki minnatdorchilik bildirish tarzida nomoyon bo‘lishi mumkin.

Odamlar og‘ir ahvolda qolganda o‘tinch qila boshlaydi. Biz qiyinchilikda ibodat qilamiz, shuning uchun umid ila muammolarimiz bilan boshqa birov bilan bo‘lishamiz. Ibodat stressni yengadi, tanani davolaydi, kishini tashvishlardan xalos etadi.

Duo kuchi to‘g‘risida olimlarning fikri

Bir olim duo kuchini sinab ko‘rishga qaror qilib, 15 kun davom etgan tajriba o‘tkazdi. Ko‘ngillilardan venoz va kapilyar qoni olinib, tahlil qilindi. So‘ng sinalayotgan kishidan yoki uning yaqin odamidan aqliy yoki baland ovozda 10-15 daqiqa duo qilib turish so‘raldi. Shundan so‘ng yana bir karra qon tahlillari o‘tkazildi va u oldingisidan farq qilardi.

Barcha boshqa tajribalar ham aynan shu narsani, ya’ni duodan so‘ng tanadagi infeksiya darajasi ayniqsa kasallikning o‘tkir bosqichiga kelganda pasayganini ko‘rsatdi. Yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi qayd etildi – ular ham pastroq bo‘ldi.

Har bir tajribada qon hujayralarining individual ko‘rsatkichlari qiymatida statistik jihatdan muhim o‘zgarishlar aniqlandi. Bu esa ibodat qon hujayralari soni va morfofunksional xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan haqiqiy omil ekanligini ko‘rsatdi.

Duoning suvga ta’siri

Tajribalar o‘qilgan duo suv kristallariga chiroyli aniq tebranishlar yaratganini ko‘rsatdi. Qadimgi Xitoy solnomalarida mamlakatni dahshatli kasallik epidemiyadan qutqargan zohid haqidagi afsona bor. Rohib ibodat o‘qiganda, kasallik orqaga chekingan. Zamonaviy olimlarning fikricha, unga e’tiqod va ijobiy moyillik yordam bergan.

Tarixiy yilnomalarning yana birida bo‘hton natijasida hibsga olingan rohib holati tasvirlangan. Bir yarim oy davomida unga har kuni faqat bir parcha non va ozgina ifloslangan suv berilgan. Biroq, rohib nafaqat kasal bo‘lib qoldi, balki sog‘lom bo‘lib chiqdi. U har safar aynigan suvni ichishdan oldin duo o‘qiganini aytgan.

Shunday qilib, duoni “insonning to‘rtinchi ongi” deb aytish mumkin. Bir tomondan bu kuchli psixologik vosita, boshqa tomondan esa ibodat insonning fiziologik holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi g‘ayritabiiy kuchlarning harakati bilan emas, balki ilmiy qonunlar bilan izohlanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.