DXX Tojikistonga tibbiy niqob olib o‘tayotganlarni ushladi

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining bojxona xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Uzun tumani Yangiobod MFYning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududidan o‘tuvchi «Kofirnixon» daryosi qirg‘og‘ida polietilen qoplarga joylashtirilgan 5 turdagi dori vositalari va 15 000 dona tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tumanning O‘lanqul mahallasidagi xonadonlardan birida esa 20 000 dona filtrli tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari doirasida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari va tibbiy niqoblar mahalliy fuqaro «B.F.»ga tegishli bo‘lib, ularning umumiy qiymati 356 million so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Mo‘may daromad topish maqsadida «B.F.» ushbu dori vositalari va tibbiy niqoblarni «o‘zbek-tojik» davlat chegarasining nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan qismi orqali Tojikiston Respublikasiga o‘tkazishni rejalashtirgan.