"Ye" nomli daryo yoki "Å" qishlog‘i haqida eshitganmisiz?

Dunyoda nomlari faqat bitta harfdan iborat bo‘lgan kam sonli geografik joylar mavjud. Misol uchun, “Å” nomli qishloq yoki "D" yoki “Ye” nomli daryolar haqida eshitganmisiz? Mahalliy tillarda bu “harf”larning har biri o‘zgacha ma’noga ega. Keling, bunday bir harfli joylar haqida batafsilroq bilib olamiz.

“Å” qishlog‘i

6 самых коротких географических названий

Sayyohlar Norvegiyaning Moskenes munitsipalitetida joylashgan “Å” deb nomlanadigan qishloqqa tez-tez tashrif buyurishadi.

6 самых коротких географических названий6 самых коротких географических названий

Bu baliqchilar qishlog‘i bo‘lib, aholisi asosan quritilgan baliq ishlab chiqaradi. Quritilgan baliq sharafiga hatto bu yerda muzey tashkil etilgan, shuningdek, baliqchilar qishlog‘i muzeyi ham mavjud.

“D” daryosi

6 самых коротких географических названий

Eng qisqa “D” nomli daryo Amerikaning Linkoln shahrida oqib o‘tadi. Qisqa nomidan tashqari, u atigi 130 metr uzunligi bilan ham mashhur. Daryo hatto “Ginnesning rekordlar kitobi”ga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng qisqa daryo sifatida kiritilgan edi, ammo 1989 yilda bu maqom Montana shtatidagi uzunligi 60 metr “Rou” daryosiga o‘tdi.

“Ø” tepaliklari

6 самых коротких географических названий

Ø — Daniya, Norvegiya va Farer alifbolarida yumaloq o‘rta-yuqori oldingi unlini ifodalash uchun ishlatiladigan kengaytirilgan lotin harfi leksikograflar orasida juda qisqa, faqat bitta harfdan iborat nomi bilan mashhur. Daniyaning sharqiy Yutlandiyasidagi Norrea vodiysidagi yer qismi aynan shu harf bilan nomlangan. Daniya tilidan “Ø” orol degan ma’nosini anglatadi. Ehtimol, bu yer qismini nomlashda orolga o‘xshash yondashuvdan kelib chiqqan bo‘lsa kerak, biroq yerning dengizga chiqish yo‘li yo‘q va bu joy o‘tloqlar bilan o‘ralgan.

“E” daryosi

6 самых коротких географических названий

Shotlandiyaning tog‘ yonbag‘irlaridan oqib o‘tadigan bu daryo “Monad Liat” tog‘larining shimoli-g‘arbiy qismi, Lox Ness ko‘lining janubi-sharqida boshlanadi. Mhor ko‘liga qo‘shilmaguncha daryo taxminan 10 kilometr bir yo‘nalishda oqishda davom etadi. “Ye” daryosi Shotlandiya va undan tashqaridagi eng qisqa daryo nomiga ega.

Yana bitta “Å” nomli qishloq

6 самых коротких географических названий

Bu safargi xuddi shu nomdagi boshqa qishloq Shvetsiyaning Norrchyoping munitsipalitetiga tegishli. Unda 200 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. “Å” qishloq nomi "Ay" deb talaffuz qilinadi. Mamlakatda bir xil nomdagi yana kamida o‘nlab joylarni sanash mumkin, qoida tariqasida, ular fermalar yoki bir nechta xususiy uylarga beriladi. Sayyohlar ko‘pincha “Å” qishlog‘iga uning nomi yozilgan belgini suratga tushirish uchun kelishadi.

“Y” nomli qishloq

6 самых коротких географических названий

Fransiyaning shimolida “Y” deb nomlanadigan qishloq bor. Mamlakatdagi eng qisqa nomli bu qishloq Amens viloyatidan sharqda, D615 va D15 avtomobil yo‘llari chorrahasida joylashgan. Bu yerda yashaydigan jami yuzga yaqin aholi punkti ipsilonliklar deb ataladi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.