Epoxal sahna: dunyodagi noodatiy teatrlar

Klassik teatr merosi o‘lmasdir. Biroq tomoshabinga yanada dolzarb va yaqinroq bo‘lish uchun bu sahnalar nafaqat rejissyorlar, balki arxitektorlarning yangi ijodiy nigohiga muhtoj.

Seebühne, Bregenzer Festspiele, Avstriya, Bregens

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Bregens festivalining suv ustida qalqib turadigan opera sahnasi Boden ko‘lidagi ustunlarda o‘rnatilgan. Ko‘lning o‘zi spektaklda sahna maydonining davomi sifatida ishlatiladi. Misol uchun, Umberto Jordanoning “Andre Shane” asarida hovuz qahramon Marat o‘ldirilgan vanna rolini “o‘ynaydi”. Spektaklning asosiy bezagi sifatida balandligi 24 metr, og‘irligi 60 tonnalik demokrat Yakobinning ulkan byusti xizmat qiladi.

Arena di Verona, Italiya, Verona

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Arena di Verona kattaligi bo‘yicha qadimgi Rim amfiteatri, Kolizeydan keyin uchinchi o‘rinda turadi va 30 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. 2000 yillik tarix davomida bino gladiatorlar arenasi, sirk, qatl qilinadigan joy vazifasini bajarib kelgan. 1913 yildan beri bu yerda operalar muntazam namoyish etib kelinadi. Quyida tomoshabinlar uchun kursilar o‘rnatilgan, lekin chiptalari arzonroq haqiqiy tosh zinapoyalarda ham o‘tirish mumkin.

Auditorio de Tenerife, Ispaniya, Santa-Kruz-de-Tenerife

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Me’mor va haykaltarosh Santyago Kalatravaning turistik ijodi yelkanli kemaga o‘xshaydi. Ichkarida ikkita katta simfoniya va kamera zallari bor. Binoning g‘ururi 3835 trubkali ulkan musiqiy organ teatr parterining ikki tomoniga joylashtirilgan.

Oslo Opera-huzet, Norvegiya, Oslo

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Bino qisman suvga “cho‘ktirilgan” va sirtdan qaraganda aysbergni eslatadi. Tomi esa sayr maydoni sifatida foydalaniladi – panduslari ham bor. Bu texnik jihatdan eng yaxshi jihozlangan binolardan biri bo‘lib, sahna istalgan yo‘nalishda harakatlana oladigan 16 platformadan iborat. Asosiy zal 800 svetodiodli qandil bilan yoritilgan.

Esplanade, Singapur

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

2002 yilda Marina ko‘rfazida ikki tangachador egizak gumbaz paydo bo‘ldi. Ularni zefir, papayya va hatto cho‘molixo‘r (hayvon) bilan solishtirishdi, oxir-oqibat binolarga “durian” laqabini berishdi. Konsert zali akustika bo‘yicha dunyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Le théâtre antique d’Orange, Fransiya, Oranj

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Arauziona (Oranj)dagi qadimiy teatr eng yaxshi saqlanib qolingan qadimgi Rim teatrlaridan biridir. Sahna orqasidagi to‘rt qavatli devor va tog‘ga o‘yilgan amfiteatr ulug‘vor ko‘rinishga ega. 1869 yildan buyon bu yerda “Rim bayramlari” festivali o‘tkazib kelinadi. Bu sahnada Sara Bernar va Montserrat Kabale kabi opera yulduzlari chiqish qilib, tomoshabinlarga zavq bag‘ishlaydi.

Dalhalla, Shvetsiya, Rottvik

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Teatr sahnasi 60 metr chuqurlikdagi sobiq tosh konida jihozlangan. Tabiiy bezak sifatida toza ichimlik suvli zumrad ko‘ldan foydalaniladi. Karerdagi akustika nufuzli Yevropa teatrlaridan qolishmaydi, bu yerda deyarli hech qanday aks-sado yo‘q. Har yozda teatrda 20-30 ga yaqin spektakl namoyish etiladi.

Center for Performing Arts in Downtown Albany, AQSh, Olbani (Nyu-York)

Эпохальные сцены: 12 самых необычных театров мира

Uzoqdan qaralsa, u skulpturani eslatadi. Bino taklikka o‘tkazib qo‘yilgan yarimta singan tuxumga o‘xshaydi. Uning olti qavatli asosi yer ostida joylashtirilgan. Ichkarida ikkita zal bor. Ulardan biri kamer musiqasi konsertlari, kabare, ma’ruzalar va multimedia taqdimotlari, ikkinchisi esa spektakllar, konsert va musiqiy chiqishlar uchun mo‘ljallangan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.