Yer osti boyliklari qanday hosil bo‘ladi?

Mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o‘zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko‘mir 97 foizgacha ugleroddan,  qolgani esa, uchuvchan moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200–8750 kkal/kg.  Ohaktosh – karbonli birikma bo‘lib, uning fizik xususiyatlaridan biri suvda tez eruvchanligi hamda katta miqdorda energiya ajratib chiqarishligi. Ayrim mutaxassislar yer osti boyliklarini «yer osti qazilmalari» deb ham yuritadilar. Lekin bu fikrga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki, sayyoramizda uchraydigan 3 ming turdan oshiq minerallarning atigi 200–300 xil turi inson faoliyatida «qazilma» boylik sifatida ishlatiladi, xolos. Undan tashqari, minerallar nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va madaniy-sog‘lomlashtirish vazifalarini ham bajaradi. Yer osti boyliklari ekologik tizimda turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi, mineral moddalarning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo‘ladi hamda organizmlarning faoliyati tufayli ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon orqali yer osti minerallari ekotizimda modda va energiya almanishuvida ishtirok etishini ta’minlab beradi.

 Bobur SANAQULOV,

Bulung‘ur tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i.