Yer ostida 17 yil yashagan shaxtyor

Ba’zida hayotda shunday hayratlanarli voqealar sodir bo‘ladiki, ularga ishonish deyarli mumkin emas – biroq haqiqiy faktlar ajablantirmay qo‘ymaydi. Yaqinda ma’lum bo‘lgan Xitoyning g‘arbiy qismidagi shaxta ishchisining qutqarilishi bu hodisalarning biridir.

2003 yilda ushbu hududda Rixter shkalasi bo‘yicha 7,8 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Shundan keyin 118 nafar konchi yer osti konlarida tiriklayin ko‘milib qolgan. Bor-yo‘g‘i 51 nafari tirik bo‘lgan. Qolganlarini esa o‘pirilishlar davom etishi sababli topishning iloji bo‘lmagan va ularning hammasi halok bo‘lgan, deb hisoblangan edi.

O‘shandan beri shaxtaning bu qismi yopib qo‘yilgan.

2020 yilda bir guruh konchilar tashlandiq shaxtada ishlashni qaytadan boshlashdi va tasodifan 17 yil davomida o‘lim tuzog‘idan omon qolishga muvaffaq bo‘lgan konchini topib olishganida haqiqiy shokka tushishdi.

Qutqarilgan 59 yoshli Chung Vaining ahvoli juda yomon edi. U tezda yaqin atrofdagi shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar uning jismoniy va ruhiy holati to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsata boshlashdi.

Chungning uzoq vaqt omon qolgani haqiqiy mo‘’jiza edi.

Zilzila sodir bo‘lganda shaxta tunneli tayangan yog‘och konstruksiyalar qulab tushib, 118 kishi vayronalar ostida qoldi. Chungning yaqin atrofida bo‘lgan boshqa barcha konchilar halok bo‘ldi. Uning omon qolishining yagona sababi – u toza havoga chiqish yo‘li bo‘lgan ventilyasion teshik yonida ishlardi.

Bundan tashqari, unga shaxtalar vayron bo‘lgan taqdirda katta miqdordagi g‘amlab qo‘yiladigan oziq-ovqat zaxiralari borligi ham yordam berdi. Zaxiralar tugagach, u namlikda ko‘payadigan turli jonzot va o‘simliklarni yeb jon saqladi.

Bu bunday ekstremal sharoit va zulmatda odam uzoq vaqt qolishga muvaffaq bo‘lgan yagona holat bo‘ldi.