Yer yuzidagi hayratlanarli darajadagi go‘zal, lekin halokatli joylar

Sayyoramizda shu qadar go‘zal va g‘ayrioddiy joylar borki, hatto o‘lim xavfi ham ba’zi jasurlarni bu joylarga borish va suratga olish istagidan to‘xtata olmaydi. Bugun sizga ular nima sababdan hayratlanarli ekanligi va bu joylarga borishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan go‘zal va xavfli joylarni ko‘rsatamiz.

Danakil cho‘li, Efiopiya

Bu cho‘l chiroyli va nihoyatda zaharli. Atmosfera zaharli bug‘lar bilan to‘yingan, havo harorati Selsiy bo‘yicha 50 darajagacha yetadi. Zaharli gazlarning yuqori konsyentratsiyasi sababli bu yerda odam uchun uzoq vaqt qolish halokatli.

Kaindi ko‘li, Qozog‘iston

Kaindi ko‘li haqiqatan ham Qozog‘istonning tabiiy mo‘’jizalaridan biri hisoblanadi, u "cho‘kib ketgan o‘rmon" nomi bilan ham tanilgan. Biz suv omborining go‘zalligi haqida cheksiz gapirishimiz mumkin. Biroq, ko‘lda baliqlar yashamaydi, yilning istalgan vaqtida suv harorati tushib ketadi va hatto qattiq qurg‘oqchilik paytida ham undagi suv sayoz bo‘lib qolmaydi bu esa uning"o‘lik" laqabini olishi uchun yetarli.

Yelloustoun parkidagi kislotali ko‘l, AQSh

Bunday joylarga tashrif buyurish qoidalariga e’tibor bermaslik fojiaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, 2016 yilning yozida Oregon shtatida yashovchi kishi manbadagi suvning haroratini qo‘li bilan tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Hodisa qanday tugaganini taxmin qilish qiyin bo‘lmasa kerak.

Natron ko‘li, Tanzaniya

Bu olimlar hech qachon ochib bera olmagan hodisa. Suv havzasi nafaqat unga yaqinlashgan hayvonlarni o‘ldiradi, balki ularni mo‘miyolab qo‘yadi. Jabrlanganlar go‘yo sehrlab qo‘yilganga o‘xshaydi.

Afar tog‘ havzasi yoki Afar uchburchagi, Efiopiya

Bu joyda qolishning har daqiqasi hayotga tahdid bilan bog‘liq: bu yerda yiliga 160 tagacha zilzila qayd etiladi, tuproq sakkiz metr chuqurlikdagi yoriqlar bilan qoplangan.

Kivu ko‘li, Markaziy Afrika

Ko‘l ostida juda katta metan konlari bor. Uning yaqin atrofida joylashgan Kituro faol vulqonining so‘nggi otilishi 1948 yilda ko‘lning qaynashiga va yon atrofda yashaydigan aholining o‘limiga olib keldi. Shunga qaramay, hozirda bu yerda 2 millionga yaqin odam yashaydi va manzilgoh kurortga aylantirilgan, chunki atrofidagi tabiat juda go‘zal.

Olovli tog‘, Indoneziya

Taxminan yuz martagacha otilgan faol vulqon. Olovli tog‘ ustidagi kul ustunlari 3000 myetrgacha balandlikka ko‘tariladi. So‘nggi halokatli otilish 2014 yilda qayd etilgan, o‘shanda yigirma nafarga yaqin mahalliy aholi halok bo‘lgan.

Xuashan tog‘i, Xitoy

Xitoy daosizmidagi beshta muqaddas tog‘lardan biri. Cho‘qqiga olib boradigan yo‘l o‘tish qiyin bo‘lgan bo‘limlarga to‘lib-toshgan, ba’zida odamlar tubsizliklarda osilib qo‘yiladi. Funikulyor (maxsus arqon yordamida yurgiziladigan tog‘ temir yo‘li)ning ishga tushirilishi ekstremal sport ishqibozlarini o‘lim yo‘lidagi xavfli sayohatdan qaytarmadi, shuning uchun endi aqldan ozgan ziyoratchilarga himoya vositalari kiydiriladi.

Darvoza, Turkmaniston

Qoraqum cho‘lining o‘rtasida diametri 60 myetrga yetadigan olovli krater joylashgan. U 1971 yilda tabiiy gaz to‘plangan joylarda qidiruv qudug‘ini muvaffaqiyatsiz burg‘ulash ishlaridan keyin hosil bo‘ldi. Odamlarga zarar yetkazmasligi uchun krater bir necha kundan keyin yonib tugaydi, degan umidda yondirib qo‘yildi. Ammo 50 yildan ziyod vaqt o‘tdiki, u hamon yonishda davom etmoqda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.