Erkak 20 yil oldin unga qarata otilgan o‘qdan halok bo‘ldi

Odamlarning omadsizligi haqida ko‘plab hikoyalar bor, biroq Genri Zigland barcha davrlardagi eng katta muvaffaqiyatsizlikka uchragan kishi “unvon”iga loyiq bo‘ldi.

1905 yilda Texasning Hani-Grouv shahridagi fermer o‘sha paytda yaxshi ko‘rgan qizi Meysi Tichnorni tashlab ketdi. Ayriliqdan qattiq xo‘rlangan Meysi o‘z joniga qasd qildi. Shunda qizning akasi jinoyatchidan qasos olishga qaror qildi.

Meysining akasi Genrining fermasiga bostirib kirib, unga qarata o‘t ochdi, uni o‘ldirdim deb o‘yladi va o‘zini ham otib o‘ldirdi.

Shunday bo‘ldiki, o‘q Genriga salgina tegib o‘tib uni yiqitib, daraxtga kirib ketdi.

Oradan 20 yil o‘tdi, uddaburon fermer o‘z mulkidagi bir nechta daraxtni kesishga qaror qiladi.


Daraxtlardan biri juda katta bo‘lib chiqdi. Genri qiynalib o‘tirishni istamasdan shunchaki daraxt tanasida bir nechta teshik o‘ydi va teshiklarni dinamit bilan to‘ldirdi.

Hammasi qanday tugaganiga tushunib yetgandirsiz? Ha! Daraxt portlatildi, u tashlab ketgan qizning akasi otgan o‘sha o‘qdan halok bo‘ldi.

Voqea mahalliy yangiliklarga aylanib, gazetalarda chop etildi.

O‘shandan beri sho‘rlik fermer qissasi butun dunyoga tarqaldi va hozirgacha turli nashrlar tomonidan aytilib kelinadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.