Erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalari birlashtiriladi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil 25 noyabrda bir qator takliflar bildirgandi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov tomonidan mazkur takliflar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini boshqarish ma’muriy kengashlari bir tuman, shaharda joylashgan kichik sanoat zonalarini yagona kichik sanoat zona tarzida birlashtiriladi va kengaytiriladi. Kichik sanoat zonalariga yer ajratishda qishloq xo‘jaligi toifasiga kirmaydigan yer uchastkalari va zarur infratuzilma-kommunikatsiya tarmoqlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarish maydonlari tanlab olinadi.
Kichik sanoat zonasidagi bino-inshootlar yengil konstruksiyali qurilish matallaridan quriladi. Import o‘rnini bosuvchi va ekesportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi loyihalar birinchi navbatda zonaga joylashtiriladi. Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalarining huquq va majburiyatlari oshirilib, loyihalarning o‘z vaqtida bajarilishi monitoringi mustahkamlanadi.