Erkinjon Turdimov: Paxtachiliklar yaxshi yashashi uchun nima qilish kerak bo‘lsa, bajaramiz
Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Paxtachi tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ertalab soat 8:00 da Mojar mahallasidagi “Burgutcha” bolalar dam olish oromgohida boshlangan qabul davomida 350 dan ortiq fuqaroning muammo va takliflari tinglandi.
Xususan, Yangiobod va Qirguli mahallasiga temir yo‘ldan o‘tuvchi yer osti yo‘li yoritilmasligi, “Paxtachi go‘zali” savdo majmuasining ko‘rkini buzib turgan eksi binolarni olishga to‘sqinlik qilayotganlarga chora ko‘rish, suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolar viloyat hokimining e’tiboridan chetda qolmadi.
Qabulda bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ayrimlari bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi. Hal etilishi vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan viloyat hokimi mas’ul shaxslarga aniq ko‘rsatma va zarur topshiriqlar berdi.
- Viloyat hokimiga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, aniqrog‘i, moychechak dorivor o‘simligi yetishtirish uchun 80 gektar lalmi yer maydoni ajratib berishni so‘rab murojaat qildim, - deydi tumanning Taraqqiyot mahallasida yashovchi Sardor Xo‘janiyozov. – Viloyat hokimi tegishli rahbarlarga ertagayoq biznes-rejamni o‘rganib chiqib, zarur amaliy yoram ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Loyiham amalga oshsa, 40 kishining bandligi ta’minlanadi.
Izzatulla Norquvvatov.