Erkinjon Turdimov payariqlik qizning murojaati bo‘yicha u aytgan maktabga bordi

Xabar berganimizdek, kecha viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandlik yoshlar bilan onlayn muloqoti o‘tkazgan edi. Uchrashuvda payariqlik Nigora Turdiyeva tumandagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 840 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, unda 2000 ga yaqin bola tahsil olayotgani, shu sababli yangi maktab binosi qurishda viloyat hokimidan yordam so‘ragan edi.

E.Turdimov ushbu murojaat asosida shu kunning o‘zida ushbu maktabga borib, mutasaddilar bilan birga holatni o‘rgandi. Ta’lim muassasasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar bermoqda Payariq tuman hokimligi axborot xizmati.