Eron AQSh tufayli O‘rta yer dengizini yopmoqchi

Agar AQSh va uning hamkorlari Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasa, O‘rta yer dengizi to‘sib qo‘yiladi.

Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, general Muhammad Rizo Nag‘diy ma’lum qildi.

"AQSh va uning ittifoqchilari G‘azo sektorida sodir etgan jinoyatlar davom etsa, ular yangi qarshilik kuchlarining paydo bo‘lishini va ular uchun hali ham mavjud bo‘lgan suv yo‘llarining yopilishini ko‘rishadi. Kecha Fors ko‘rfazi va bo‘g‘ozi, Hurmuz ko‘rfazi, bugun bu Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi ular uchun dahshatli tush edi, ular tez orada O‘rtayer dengizi, Gibraltar va boshqa suv yo‘llarining yopilishini ko‘rishadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tasnim agentligi.

Nag‘di O‘rta yer dengizi blokadasi aniq qanday amalga oshirilishiga aniqlik kiritmadi, chunki Eronning o‘zi unga kirish imkoniga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi chiqib, Isroilni HAMAS harakati to‘liq taslim bo‘lguniga qadar harbiy choralar ko‘rishga chaqirgan edi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Rossiya tomonidan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyasiga G‘azo sektorida yaratilgan gumanitar falokat tufayli harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qiluvchi o‘zgartirish kiritishga to‘sqinlik qilgan.

Shu tariqa, Falastin tomoni joriy yilning 7 oktyabrida mojaro avj olgandan beri 20 mingdan ortiq odam Isroil zarbalari qurboniga aylanganini ma’lum qilgan.